Yetakchi ayol imidji borasida master-klass oʻtildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar joyida talaba qizlar o‘rtasida rahbar ayol imijini yaratish mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Saida Abdullayeva, Qadriya Kamolova, institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisalari va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda "Rahbar ayol imijini yaratish", “Ayolning rahbarlik mas’uliyati”, "Ayol rahbar qanday bo‘lishi kerak" kabi masalalarda so‘z yuritildi.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish, xotin-qizlarning huquq-manfaatlari, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarga berilayotgan imtiyoz va shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.