• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI da ikkinch va undan keyingi oliy ta`limga sirtqi ta`lim shakli bo'yicha qabul boshlandi

Ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish boshlandi.

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.

NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTIDA IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI(IKKINCHI MUTAXASSISLIK) TA'LIMGA 2024-2025 O'QUV YILI UCHUN QABUL BOʻYICHA TAʼLIM YOʻNALISHLARI

 

Shifr

Taʼlim yoʻnalishlari nomi

60310100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

60411600

Korporativ boshqaruv

60410100

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)

60610200

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

60710600

Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

60730300

Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi

61040300

Yoʻl harakatini tashkil etish


 

 

  • Share :