• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

MAGISTRATURA BO'LIMI

Bo'lim haqida:    

Namangan muhandislik qurilish institutida magistratura mutaxassisligiga 2000 yildan mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar qabul qilingan. 2019/2020 o’quv yilidan magistratura mutaxassisliklari soni va magistrantlar kontingenti oshganligi, shuningdek, magistraturaga oid ishchi va me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirilishini muvofiqlashtirishni optimallashtirish maqsadida hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan 2019 yil 18 dekabrdagi institut tashkiliy tuzilmasiga muvofiq institut rektorining 2020 yil 10 yanvardagi №8-U buyrug’iga asosan magistratura bo’limi tashkil etildi. Hozirgi kunda magistratura bo‘limida 14 ta mutaxassislik bo‘yicha 257 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar tayyorlanmoqda: 5А310101Gidroelektrostansiyalar 5A310203Elektr stansiyalari 5А310601Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo’yicha) 5А320201Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo’yicha) 5А320302Mashinashunoslik 5А320401Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) 5А321501Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik hizmat ko’rsatish (tarmoqlar bo’yicha) 5А330201Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar) 5А340201Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo’yicha) 5A340401Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish 5А340401Muhandislik komunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo’yicha) 5A340403Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyatsiya, havoni mo’tadillash va havo xavzasini muhofaza qilish 5А340604Avtomobil yo’llarini loyihalash va qurish 5А620101Transport logistikasi (transport turlari bo’yicha) Magistraturaning ta’lim dasturlari aniq mutaxassislik bo‘yicha fanlarni fundamental va amaliy o‘rganish bilan birga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatni qamrab oladi. Magistratura bo‘limini rivojlantirish, magistrantlarni ilmiy ishlarini chuqurlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarini talab darajasida tayyorlanishi uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori asosida magistrlik dissertatsiyasiyasini bajarish bo’yicha tegishli uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Magistratura mutaxassisliklarida malakali kadrlar tayyorlash borasida stajirovka (ilmiy amaliyot) lar muhim o‘rin egallashi, ko‘nikmalar va tajribalar hosil qilinishini inobatga olinib ilmiy amaliyotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlangan. Institut mutaxassisslik kafedralari va o’quv bo‘limi magistratura bo‘limi bilan birgalikda hozirgi kun talabi asosida zamonaviy magistrantlarni har tomonlama bilimli bo‘lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Ushbu kungacha barcha mutaxassisliklarda ta’lim olish uchun hamma sharoitlar mavjud. Har bir magistrantning ilmiy ishlari uchun yangi ma’lumotlar, yangiliklar, ilmiy maqolalar bilan tanishib borishlari uchun INTERNET tizimidan foydalanishlariga qo‘shimcha imkon yaratilgan. Ularga har haftada kompyuter markazida ishlashlari uchun alohida vaqt va kompyuter xonalari ajratilgan. Magistrantlarimizni ilmiy ishlarini olib borishlari, fan rivojiga hissa qo‘shishlari, o‘z sohalarini yetuk mutaxassislari bo‘lib etishishlarida tajribali professor-o‘qituvchilarimizni o‘ziga hos hissalari bor. Institutni ilmiy potentsiali mutaxassisliklar bo‘yicha yetarli bo‘lishi bilan birga ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, mutaxassislik yo‘nalishlarini kengaytirish, ilmiy sohani yanada kuchaytirish maqsadida markaziy oliygohlardan professorlar jalb etilib magistrantlarga fan sirlarini o‘rgatmoqdalar.     

Abduazizova Veronika Rustamovna

 har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

 Telefon: (90) 640 95 75        

 E-mail:  nika_abduazizova@mail.ru


 

  • Share :