• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

INSTITUT XOTIN - QIZLAR MASLAHAT KENGASHI

Prezidentning 5.03.2021 yildagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PQ-5020 -son qarori qabul qilindi.     

 Hujjatda Respublika xotin-qizlar     kengashi tashkil etilishi belgilandi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:     

  • xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini talaba va xodimlar     o‘rtasida keng targ‘ib qilish;     
  • xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talaba     yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;     
  •   xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;     

Xotin - qizlar qo‘mitasining     asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:     

  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish;     
  • xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarga     ko‘maklashish;     
  • xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;     
  • xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratishga ko‘maklashish.     

Institutda 7 ta fakultetlar mavjud bo‘lib, ularning xar birida fakultet xotin - qizlar maslahat kengashi, dekan muovinlari faoliyat olib boradi.     

image-73.png

Atamirzaeva Sohiba Turg‘unovna    

Telefon: 91-341-43-53     

E-mail: atamirzaevasohiba@gmail.com    

 

  • Share :