Toshkentda «Markaziy Osiyo oliy ta'lim xabi sifatida» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Tadbirni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.
Vazirning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda ta'lim sifati va oliy ta'limga qamrovini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Oxirgi besh yil ichida 100 dan ortiq yangi oliy ta'lim muassasalari tashkil etildi. Bundan to‘rt yil avval O‘zbekistonda atigi 7 ta xorijiy universitet faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 30 taga yetdi.
Xalqaro konferensiya ishida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham ishtirok etmoqda.