• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Til-millat ko'zgusi"

Namangan muhandislik- qurilish instituti Muhandislik-kommunikatsiyalari fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi D.Shermatova  To'raqo'rg'on tumanidagi  2-sonli kasb-hunar maktabi o'quvchilariga    o'zbek tili fanidan "Til-millat  ko'zgusi" mavzusida mahorat darsi o'tdi. Ushbu dars orqali o'quvchilarga mamlakatimizda o'zbek tiliga berilayotgan e'tibor va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, tilga doir davlat qonunlari haqida tushunchalar berdi. Kasb-hunarga doir atama so'zlardan to'g'ri foydalanish, nutqda sof o'zbek tilida so'zlashish borasida fikr-mulohazalar yuritdi. O'quvchilar ham o'z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, NamMQIda mavjud ta'lim yo'nalishlari borasida targ'ibot ishlari ham amalga oshirildi.O'quvchilarni qiziqtirgan tegishli savollarga javoblar berildi.

  • Share :