“Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar”
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar” oromgohida “Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda 200 dan ortiq davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta'lim muassasalari yoshlar masalalari bo‘yicha mas'ullari ishtirok etmoqda.
Ular qatorida NamMQI yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ham bor.