• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari Uychi tumanida Norin GESlar kaskadi qurilishi bilan tanishdi

Prezident tomonidan joriy yil 25-mart kuni Uychi tumanida quvvati 228 megvatt boʻlgan Norin GESlar kaskadi qurilishi loyihasi boshlanishiga start berilgandi.

Institutning Qurilish va Energetika fakultetlari talabalari ushbu kaskad qurilishi bilan tanishdi. Ular avtobuslarga chiqib, qurilish boʻlayotgan manzil tomon yoʻl oldi.

Norin GESlar kaskadi 6 ta GESdan iborat boʻlib, har bir GESning quvvati 38 megavattni tashkil etadi. Ushbu istiqbolli loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga oʻrtacha 1 025 mln. kVt.soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida 430 ming xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi, 130 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.

“Oʻzbekgidro” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bu haqda professor-oʻqituvchilar va talabalarga batafsil maʼlumot berdi, qurilish jarayoni bilan bevosita tanishtirdi.

  • Share :