• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI doktoranti tomonidan tayyorlangan paxta tozalash qurilmasi paxta zavodlari sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi

NamMQI tayanch doktoranti Ibrohimjon Gʻofurjanov institut Ilmiy-tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvahobov ilmiy rahbarligi ostida “Tolali materialni mayda iflosliklardan tozalash qurilmasi mexanizmini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertasiya ishi doirasida paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasining tajriba nusxasini tayyorlab, tajriba sinov ishlarini muvoffaqiyatli o‘tkazdi. 

Sinovlarni o‘tkazishda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar hamda “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash ilmiy-tadqiqot instituti” laboratoriyasi rahbari Ne’matjon Komilovlar ishtirok etdi.

  Tajribalar Namangan viloyati Pop tumani va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi Paxta tozalash zavodlarida olib borildi. Ular asosan Qoziqli baraban aylanish chastotasi, Qaytargich amartizatori bikirlik koeffisiyenti, Qaytargich ariqchalari amplitudasi, Qoziqli barabandagi burovchi moment, Qoziqli barabanning burchak tezligi hamda Qaytargichni tebranish qonuniyati ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratildi.

Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi hamda paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasi paxta tozalash zavodlarida foydalanish uchun ishlab chiqarishga tavsiya etildi.

  • Share :