• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rasmiy munosabatga qo‘shimcha izoh

Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-kurs kunduzgi bo‘lim talabasi Islomjon Ubaydullaev 2021/2022 o‘quv yilining bahorgi semestri darslarida o‘z vaqtida ishtirok etmaganligi sababli fanlarning barchasidan qayta topshirishga qolib ketgan.

Fakultet dekanati tomonidan talaba betob bo‘lgani hamda 2-guruh nogironligini (amal qilish muddati 1.10.2022 gacha) inobatga olinib, 2022 yil 27 iyun kundan boshlab 10 kun muddatga yakuniy nazoratlarni yakka tartibda topshirishga ruxsat berilgan.

Shuningdek, talabaga joriy yilning sentyabr' oyida bir oy istisno tariqasida ikkinchi marta qo‘shimcha muddat berilgan, biroq fanlar o‘zlashtirilmagan. Qayta-qayta imkoniyat berilganligi qaramasdan fanlardan qarzdorligini topshirmagan.

Talaba iyun', sentyabr' va oktyabr' oylari davomida akademik qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda kursda qolishi bo‘yicha dekanat tomonidan doimiy ravishda ogohlantirib kelingan, lekin u o‘z vaqtida qayta topshirish uchun kelmagan, qo‘shimcha berilgan imkoniyatlar vaqtida ham berilgan topshiriqlarni bajarmay kelgan.

Shu bois, ushbu talabani fanlardan o‘zlashtira olmaganligi uchun kursda qoldirish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilgan.

Ma'lumot uchun, akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba o‘qishini akadem qarzdor bo‘lgan kursining tegishli o‘quv semestri boshidan davom ettirishi mumkin. Ya'ni, bu talaba 3-kurs 6-semestridan qaytadan o‘qiydi.

  • Share :