O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
Bosh prokuratura akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Akademiyada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida oliy ta'limning ikki bosqichli tizimi – bakalavriat va magistratura bo‘yicha to‘laqonli o‘quv jarayoni tashkil etiladi.
Akademiyaning tergov faoliyati yo‘nalishidagi har yilgi qabul kvotalari bakalavriat dasturi bo‘yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura dasturi bo‘yicha – 50 nafargacha oliy yuridik ma'lumotli vakolatli davlat organlari xodimlaridan iborat bo‘ladi.
Akademiyada ta'lim olish muddati bakalavriat dasturi bo‘yicha – uch yil, tergov faoliyati yo‘nalishidagi magistratura dasturi bo‘yicha – bir yil.