O‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘g‘iloy O‘rozova ishtirokida brifing tashkil etildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandida tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta'lim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, o‘tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi.
Qayd etilishicha, har bir fuqaroning JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami mavjud bo‘lib, bu raqam har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasport yangisiga almashtirilganda ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami o‘zgarmaydi.
O‘tgan yili tavsiyanoma olib, OTMga kira olmagan talabgor xotin-qizlarning bugungi kunda familiyasi o‘zgargan yoki pasporti almashgan bo‘lsa ham oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirganda tavsiyanomadan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishlari mumkin.