NamMQIning Uychi tumanidagi 7-binosi talabalar turar-joyiga quyosh suv isitgichlari o‘rnatildi
Qurilish fakulteti tasarrufidagi binoga o‘rnatilgan to‘rtta isitgichning har biri 200 litrga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh nuri yordamida suvni issiq holatga keltiradi. Quyoshsiz, qorli kunlarda esa bu vazifa elektr tent yordamida bajariladi.
Fakultet mutasaddilarining ta'kidlashicha, mazkur qurilmalar yordamida bir soatda 2,4 kilovatt elektr energiyasini tejash mumkin.
NamMQI media markazi