NamMQI Mashinasozlik fakulteti Umumtexnik fanlar kafedrasida “Kafedra kuni” o‘tkazildi
Tadbirda institut rektori Sharifboy Ergashev, prorektorlar, fakultetlar dekanlari, bo‘lim boshliqlari va kafedralar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Mehmonlar dastlab kafedra faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Ushbu ko‘rgazmadan kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlar hamda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan mashinasozlik jihozlari va qurilmalar o‘rin oldi. Tadbir ishtirokchilariga ko‘rgazmaga qo‘yilgan barcha ishlanmalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
NamMQI media markazi