NamMQI sport majmuasida kasaba uyushma qoʻmita sovrini uchun voleybol boʻyicha musobaqalar boshlandi
NamMQI sport majmuasida 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan institut kasaba uyushma qoʻmitasi sovrini uchun voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasida turnir boshlandi.
Turnirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Ahmadjon Haydarov ochib berdi.
Musobaqalarda rektorat, buxgalteriya, barcha fakultetlar, akademik litsey, Uychi va Uchqoʻrgʻondagi texnikumlar jamoalari ishtirok etmoqda.
NamMQI media markazi