• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

E'lon

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qo’shma qarori  qabul qilindi.

Qaror bilan yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:

Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini oliy taʼlim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib belgilash;

Boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini (ilmiy darajaga ega boʻlgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarining prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritish;

Har yili namunali faoliyat yuritib kelayotgan Ittifoqning oliy taʼlim muassasalari (tashkilotlari)dagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish;

Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolarini vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan doimiy ragʻbatlantirib borish.

Qaror bilan batafsil ushbu havola  orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

 

  • Share :