E'lon
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo’shma qarori qabul qilindi.
Qaror bilan yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:
Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini oliy taʼlim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib belgilash;
Boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini (ilmiy darajaga ega boʻlgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarining prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritish;
Har yili namunali faoliyat yuritib kelayotgan Ittifoqning oliy taʼlim muassasalari (tashkilotlari)dagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish;
Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolarini vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan doimiy ragʻbatlantirib borish.
Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: