“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta'sis etildi
Hukumat qarori bilan “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ko‘krak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.
Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘krak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.
Ko‘krak nishoni har yili 16 noyabr' – Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.