• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

BUGUN — BUTUNJAHON OITSGA QARSHI KURASH KUNI

     Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda OIV infeksiyasidan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor bor. Ular soni yiliga o‘rtacha 1,5 million nafarga ko‘paymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin bo‘lyapti.

       Umuman, yer yuzida OITS epidemiyasi boshlangandan buyon 75 million odam ushbu dardga chalinib, 32 million nafardan ortig‘i vafot etdi.

     Bunday xavotirli ko‘rsatkichlar mazkur yuqumli kasallik insoniyat salomatligi uchun naqadar jiddiy tahdid ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.  Zero, OIV va OITS butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim bo‘lgan global muammodir.

    Shu bois har yili sayyoramizda 1 dekabr sanasi “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib, bu davrda xastalikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari yanada kuchaytiriladi.

  • Share :