2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tayanch doktorantura (PhD), hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 319-son buyrug‘iga asosan Ilmiy va ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Namangan muhandislik-qurilish institutining 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi:
№ | Ixtisosliklar | Tayanch doktorantura (PhD) | Stajyor-tadqiqotchi | Maqsadli tayanch doktorantura (PhD) | |
Shifri | Nomi | ||||
01.01.02 | Differensial tenglamalar va matematik fizika | 1 | |||
01.02.04 | Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi | 1 | |||
01.04.10 | Yarimoʻtkazgichlar fizikasi | 2 | |||
02.00.13 | Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi | 2 | |||
05.01.03 | Informatikaning nazariy asoslari | 2 | |||
05.01.07 | Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui | 2 | 1 | ||
05.02.01 | Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi | 4 | 1 | ||
05.02.02 | Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari | 5 | 1 | ||
05.02.03 | Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari | 5 | |||
05.02.04 | Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish | 3 | |||
05.07.01 | Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash | 2 | 1 | ||
05.07.02 | Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash | 2 | 1 | ||
05.09.01 | Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar | 5 | 1 | ||
08.00.15 | Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | 3 | |||
13.00.02 | Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) | 3 | 1 | 2* | |
02.00.17 | Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalar | 1 |
*Namangan muhandislik-texnologiya instituti uchun
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD) ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
- rektor nomiga ariza;
- qisqacha biografik maʼlumot (3.5 shakl boʼyicha);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
- ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
- pasport yoki ID-karta nusxasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
- xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalgaro tan olingan sertifikatlar ( Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.06.2024 yildagi 211-son buyrug‘i asosida ixtisosliklar xususiyatidan kelib chiqib B1/B2 darajadagi ).
Mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
- rektor nomiga ariza;
- qisqacha biografik maʼlumot (3.5 shakl boʼyicha);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
- ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
- pasport yoki ID-karta nusxasi;
- ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi);
- xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalgaro tan olingan sertifikatlar ( Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.06.2024 yildagi 211-son buyrug‘i asosida ixtisosliklar xususiyatidan kelib chiqib B1/B2 darajadagi ).
Barcha hujjatlar “pdf” shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali 2024-yil
15-sentabr dan 15-oktabr gacha ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun kirish imtihonlari va suhbat 2024-yil 1 - 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy, Tel. 69-234-14-85. www.nammqi.uz
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi