• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi:

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 319-son buyrug‘iga asosan Ilmiy va ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Namangan muhandislik-qurilish institutining 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun qabul e’lon qiladi:

Ixtisosliklar

Tayanch doktorantura (PhD)

Stajyor-tadqiqotchi

Maqsadli tayanch doktorantura (PhD)

Shifri

Nomi 

  1.  

01.01.02

Differensial tenglamalar va matematik fizika

1

  
  1.  

01.02.04

Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi

1

  
  1.  

01.04.10

Yarimoʻtkazgichlar fizikasi

2

  
  1.  

02.00.13

Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

2

  
  1.  

05.01.03

Informatikaning nazariy asoslari

2

  
  1.  

05.01.07

Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui

2

1

 
  1.  

05.02.01

Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi

4

1

 
  1.  

05.02.02

Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari

5

1

 
  1.  

05.02.03

Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari

5

  
  1.  

05.02.04

Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish

3

  
  1.  

05.07.01

Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

2

1

 
  1.  

05.07.02

Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash

2

1

 
  1.  

05.09.01

Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar

5

1

 
  1.  

08.00.15

Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti

3

  
  1.  

13.00.02

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)

3

1

2*

  1.  

02.00.17

Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalar

1

  

*Namangan muhandislik-texnologiya instituti uchun

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD) ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  • rektor nomiga ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumot (3.5 shakl boʼyicha);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
  • ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
  • pasport yoki ID-karta nusxasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
  • xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalgaro tan olingan sertifikatlar (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.06.2024 yildagi 211-son buyrug‘i asosida ixtisosliklar xususiyatidan kelib chiqib B1/B2 darajadagi).

Mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  • rektor nomiga ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumot (3.5 shakl boʼyicha);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
  • ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
  • pasport yoki ID-karta nusxasi;
  • ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi);
  • xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalgaro tan olingan sertifikatlar (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.06.2024 yildagi 211-son buyrug‘i asosida ixtisosliklar xususiyatidan kelib chiqib B1/B2 darajadagi).

Barcha hujjatlar “pdf” shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali 2024-yil 
15-sentabrdan 15-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik (PhD yoki DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik uchun kirish imtihonlari va suhbat 2024-yil 1 - 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Yangi Namangan tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 12-uy, Tel. 69-234-14-85. www.nammqi.uz

 

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

  • Share :