• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

2021 yil 14 iyun kuni Namangan muhandislik-qurilish institutida Xalqaro yoga kuni arafasida ommaviy yoga mashg'ulotlari o'tkazildi.

Institut sport zalida yoga mashg'ulotlariga qiziqish bildirgan o'nlab yoshlar to'plandi. Ularni NamMQI rektori va Hindiston elchixonasi qoshidagi madaniyat markazi direktori, professor CHandr SHekxar qutladi.

Janob SHekxarning qayd etishicha, davlat rahbari tashabbusi bilan 2020 yilda O'zbekistonda ham Yoga federasiyasi tashkil etildi. Hozir birgina Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazida tashkil etilgan kurslarda 1000 nafardan ortiq kishi yoga bilan shug'ullanib kelmoqda. Ularga Hindistondan kelgan murabbiylar va ularning mahalliy shogirdlari ustozlik qilmoqda.

“21 iyun kuni nishonlanadigan Xalqaro yoga kuni arafasida O'zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog'iston respublikasida shunday ommaviy yoga mashg'ulotlarini o'tkazdik. Namangandagi tadbirni yuksak saviyada o'tkazishda yordam bergan institut rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman”, — deydi CHandr SHekxar.

  • Share :