12 qavatli talabalar turar-joyi binosi qurilishiga kirishildi
Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasidagi talabalar turar-joyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 12 qavatli talabalar turar-joyi binosi qurilishiga kirishilgan.
Ushbu majmuadan turar-joydan tashqari yopiq va ochiq stadion hamda xiyobon ham o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Vazir ushbu obyektni ko‘zdan kechirib, institut mutasaddilari va quruvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
Umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan mazkur turar-joy 2023-yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Vazir NamMQI talabalar turar-joyida yoshlar bilan muloqotda ham bo‘ldi. Ulardan biri vazirga yaqinda chop etilgan monografiyasini taqdim etdi.