1- apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
➖ Pensiyalar va nafaqalar miqdori 7%ga oshiriladi;
➖ Toshkentda jamoat transportidan foydalanish tariflari o‘zgaradi;
➖ 25 yildan oshiq stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi;
➖ Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi;
➖ Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga biryo‘la beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 baravari miqdorida belgilanadi;
➖ Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushiriladi;
➖ Yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi;
➖ Litsey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi;
➖ Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi;
➖ Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilari tomonidan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.