• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

1- apreldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Pensiyalar va nafaqalar miqdori 7%ga oshiriladi;

Toshkentda jamoat transportidan foydalanish tariflari o‘zgaradi;

25 yildan oshiq stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi;

Pensiya oluvchilar metrodan bepul foydalanadi;

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga biryo‘la beriladigan nafaqa miqdori harbiy xizmatchi maoshining 150 baravari miqdorida  belgilanadi;

Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakat tezligi soatiga 60 kilometrgacha tushiriladi;

Yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yo‘lga qo‘yishga ruxsat etiladi;

Litsey, texnikum pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi;

Umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi;

Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilari tomonidan to‘langan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi  joriy etiladi.

  • Share :