Jahon chempionati sovrindori institutga qaytdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulьteti 3-bosqich talabasi Muhammadjon Kamolov Misr poytaxti Qohirada o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etib, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida kumush medalni qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
Talabamiz O‘zbekistonga, yaqinlari bag‘riga qaytdi. Uni NamMQI yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligidagi mutasaddilar munosib kutib oldi. NamMQI media markazi Muhammadjon bilan uyushtirgan intervьyu esa yaqin orada e’tiboringizga havola etiladi.