“Yuksalish” harakatining Namangan viloyat bo‘linmasi viloyatning boshqaruvdagi rahbar ayollari TOP-20 reytingini e’lon qilmoqda
Reytingni shakllantirishda 40 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani inobatga olindi. Reytingga kiritilgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, xokimlikda - 4 nafar, idoralar va markazlarda – 10 nafar, ta’lim sohasida – 4 nafar, sog‘liqni saqlash tizimida-1 nafar, yozuvchilar uyushmasi tizimida-1 nafar.
Reytingdagi rahbar ayollar tanlagan kasbida endigina faoliyatini boshlab, kelajagini yuqori lavozimlarda ko‘rayotgan yoshlar uchun namunadir.