• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

YOshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

NamMQI, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va “Trastbank”  hamkorligida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Global money week haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirni Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Ma'rufjon Rahmonov ochib berdi. U Markaziy bank va institut o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilganini alohida qayd etdi.

“Trastbank” o‘quv markazi direktori Qobiljon Jo‘rayev mezbonlik uchun institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish borasida bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
 
Namangan muhandislik-qurilish instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'teti talabalari Gulshirin Jamgirova, Muxtorjon Mahmudov va Behzod Solijonov tomonidan moliyaviy savodxonlik mavzusidagi ma'ruza va taqdimotlar namoyish etildi.

O‘ziga xos shou tariqasida o‘tgan tadbir yakunida unda faol ishtirok etgan talabalarga “Trastbank” esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Share :