Yoshlarning axborot texnologiyalari va Start-Up loyihalarga qiziqishini oshirish yo‘lida
Institutning “Bionika va Robototexnika” laboratoriyasi Namangan shahar yoshlarining axborot texnologiyalari va Start-Up loyihalarga qiziqishini yanada oshirish, izlanuvchan va iqtidorli yoshlarni aniqlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yechimlarini tanlash, shuningdek, ularni joriy etishda ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan “IDEATHON-2023” yosh dasturchilar tanlovida o‘z ko‘rgazmali chiqishlari bilan ishtirok etdi. Bunda NamMQI ning “Bionika va Robototexnika ” laboratoriyasi Namangan viloyati IT-park tashabbusiga ko‘ra o‘z ishlanmalari va g‘oyalarini taqdim etdi.
Tanlovda Namangan shahrining 14 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlari 100 dan ortiq g‘oyalari bilan bellashdilar.
Tanlovning taqdirlash marosimida Namangan shahar hokimi G‘ofirjon Djamalov, viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili Umidjon Otajonov hamda viloyat hududiy sho‘‘basi boshlig‘i Rasuljon Xolmatovlar ishtirok etishdi.
Yosh dasturchilar tanlovida faol ishtiroki va taqdim etilgan hozirgi kunning dolzarb g‘oyalari uchun “Bionika va Robototexnika” laboratoriyasi ham Namangan shahar hokimi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.