• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

NamMQI sirtqi bo‘lim 1-bosqich guruh sardorlari ishtirokida “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda institut yurist-maslahatchisi Azamat Ikramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Jobirxon Rizaev, sirtqi bo‘lim mutasaddilari hamda 34 nafar guruh sardorlari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida  manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

A.Ikramov bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlardan unumli foydalanish, bo‘sh vaqtni zoe ketkazmaslik, kelgusida sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish borasida tavsiyalar berib o‘tdi.

  • Share :