Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Davlat boshqaruvi akademiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda NamMQI talabalari Diyorbek Soataliev va Bunyodbek No‘monjonov ham ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Prezident maslahatchisi Qahramon Quranboevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida yoshlarga oid muammolar, xususan Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar masalalariga doir o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan vazifalar hamda qabul qilingan farmon va qarorlarning ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi bo‘yicha fikr almashilib, Yoshlar parlamenti a'zolarining takliflari tinglandi.