Yoshlar diqqatiga! Xorijiy tillarni o‘rganish uchun 7 mln 200 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
Hukumat qarori bilan «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga quyidagi yordam turlari ko‘rsatiladi:
- moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha) beriladi;
- nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Nizomga ko‘ra, yoshlarga quyidagi miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi:
- tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha;
- yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha;
- olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensasiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda.
Barcha yordam turlari