• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilari va talabalar muloqoti o‘tkazildi

NamMQI media markazi, Transport fakulteti va YHXB hamkorligida tashkil etilgan tadbirni rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev ochdi va olib bordi. 

YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Doniyor Abdurahimovning qayd etishicha, joriy yil sakkiz oyi mobaynida viloyatda 612 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ulardan 95 tasi o‘lim bilan yakunlangan va bu holatlarning 13 tasi voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq. 

Boshqarma axborot xizmati rahbari Botirjon Boymirzaev ushbu holatlarning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralar, targ‘ibot ishlari, ijtimoiy tarmoqlarda uzluksiz berib borilayotgan chiqishlarga batafsil to‘xtaldi. Ishtirokchilarga axborot xizmati tomonidan mavzu yuzasidan tayyorlangan rolik namoyish etildi. 

Savol-javoblarga boy o‘tgan tadbir yakunida institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov dolzarb muloqot uchun mutasaddilarga minnatdorlik izhor etdi, institut va boshqarma o‘rtasidagi aloqalar uzviy rivojlanishiga ishonch bildirdi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :