Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 26-maktab bitiruvchilari institut bilan tanishdi
NamMQI vakillari yaqinda Yangiqoʻrgʻon tumanida boʻlib, maktab direktorlari va psixologlari, bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan uchrashgan edi. Bugun ushbu tumandagi 26-umumtaʼlim maktabining bir guruh bitiruvchilari institutda boʻldi.
Oʻquvchilarni Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Abdurahim Qahharov qarshi oldi va oliy oʻquv yurti tarixi hamda bugungi kuni haqida batafsil hikoya qildi.
Oʻquvchilar institut laboratoriyalari, kutubxonasi, axborot texnologiyalari markazi bilan tanishdi.
Institutga kelgan yoshlarning aksariyati taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, kelgusida oʻqishni aynan shu yerda davom ettirish istagida ekanliklarini bildirdi.