Yangi yil bayramida necha kun dam olamiz?
Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat'i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
31 dekabr — shanba (Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);
1 yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar — dushanba (ish haftasidan qat'i nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
3 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni).
30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni bo‘ladi.