• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yangi yil arafasida 250 dan ortiq oila vakillariga viloyat hokimining sovg‘alari topshirildi. Ular safida NamMQI xodimlari ham bor

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov tashabbusi bilan bunday oilalar ro‘yxati mahalliy jurnalist va blogerlar tomonidan shakllantirildi. NamMQI matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev tomonidan institut xo‘jalik bo‘limining uch nafar xodimi farzandlari bilan ushbu tadbirga taklif etildi.

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” majmuasida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdi. Ular bayramga kelgan oilalar vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari va yangi yil sovg‘alarini taqdim etdi.

Viloyat hokimi institut xodimlari va ularning farzandlari bilan ko‘rishib, o‘zi tahsil olgan oliy o‘quv yurti jamoasiga eng ezgu tilaklarini bildirdi, bayram bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng majmuada bolalar uchun bayram dasturi namoyish etildi. Turli fil'm va ertaklar qahramonlari ularga quvonch baxsh etdi.

  • Share :