Yangi vazirliklar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 tagacha qisqartirilmoqda. Bunda 20 ta idora to‘liq tugatilmoqda.
Yangilangan vazirliklar ro‘yxati:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;
Tabiat resurslari vazirligi;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
Suv xo‘jaligi vazirligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Adliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Madaniyat va turizm vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.