Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan yoshlar saylida NamMQI stendi katta qiziqish uyg‘otdi
Viloyat prokurori Umirbek Madrahimov tashabbusi bilan Yangi Namangan tumanidagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida «Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!» shiori ostida yoshlar sayli tashkil etildi.
«Besh tashabbus olimpiadasi» 2-mavsumi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda viloyat prokurori, tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokim yordamchilari, ayollar faollari, yoshlar yetakchilari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etdi.
«Obod va xavfsiz hudud» tamoyili ostidagi ushbu tadbirga 5000 nafarga yaqin yigit-qizlar, jumladan, maktab bitiruvchilari taklif etildi.
Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti alohida stend bilan qatnashdi. Ushbu ko‘rgazmada namoyish etilgan oliy o‘quv yurti haqidagi lavhalar, loyihalar va uskunalar mehmonlar hamda ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.