“Yangi nafas” yugurish marafoni
Ayni daqiqa 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan respublikamizning 15 ta (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Chirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Urganch, Nukus, Toshkent) shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
«1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – Birga yuguramiz» shiori ostidagi mazkur o‘ziga xos aksiyada 85 ta oliy ta’lim muassasasining 27 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashmoqda.
Toshkent shahrining «Humo Arena» muz saroyi hududida o‘tkazilayotgan tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, sport sohasidagi bir qator mas'ullar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ham ishtirok etmoqda.