Xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik davom etmoqda
2024 yil 13 fevraldan 1 martgacha M.Auezov nomidagi Janubiy Kozog‘iston Davlat universitetida tashkil etilgan universitetning iqtidorli talabari, professor-o‘qituvchilari ва xorijlik olimlar ishtirokida «Устойчивая развития энергетики в современных реалах (Zamonaviy voqelikda energiyaning barqaror rivojlanishi)» mavzusida xalqaro, onlayn konferensiya o‘tkazilmoqda. Ushbu konferensiyada institutimizning Elektr energetika kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib kelishmoqda, jumladan M.Murodov, T.Atamirzayev, D.Yusupov, O.Otamirzayev va F.Sharipovlarning ma’ruzalari ham rejalashtirilgan.
Xususan 19 fevral kuni Energetika kafedrasi dotsenti Olimjon Otamirzaevning “Основные понятия и определения автоматики” mavzusidagi 60 minutlik ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada elektr energetika tizimida qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan boshqarishda ishlatiladigan qurilmalar, ularni to‘g‘ri nomlanishi, o‘hshashlik tamonlari hamda bir-birlaridan farqlari amaldagi misollar bilan tushuntirildi. Ma’ruza so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berib o‘tildi.