Xitoy Daryoni muhofaza qilish texnika instituti va NamMQI o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
Seminarda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligida mutasaddilar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Har ikki tomon hamkorlik mazmuni va tartibini muhokama qilib, xususan, irrigatsiya va qurilish yo‘nalishi bo‘yicha aloqalar, Xitoyga kelayotgan o‘qituvchilar uchun malaka oshirish, chet ellik talabalarni o‘qitishni o‘z ichiga olgan o‘quv almashinuvlari yuzasidan fikrlashdi.
NamMQI media markazi