“Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l”
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda "Namangan shahar" tajribasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusida Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchi talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi Asilbek Murtazaev, Oliy ta'lim vazirining o‘rinbosari Yusufjon Absoatov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Botirjon Ergashev talabalarga tahsil davrlari, izlanishlari va mehnat faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birga, maqsadga erishish mezonlari, qaror qabul qilishdagi muhim jihatlar xususida mushohada va mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar tomonidan yoshlar to‘g‘ri qaror qabul qilishda nimalarga ahamiyat berish zarurligi, transport logistikasi bo‘yicha adabiyotlar eskirganligini hisobga olib zamonaviy yangi adabiyotlarni chop etishga ehtiyoj mavjudligi, talabalar uchun imtiyozli internet trafiklarini joriy etish, davlat va xususiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifati bo‘yicha berilgan savollarga mehmonlar tomonidan javob berildi. Ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, muammolariga yechim izlandi.
Yakunda muloqotda faol qatnashgan bir guruh talabalar rag‘batlantirildi.