Xalqaro sertifikat uchun sinovlar tashkil etildi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan muhandislik-qurilish instituti, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Turkiyaning Istambul Aydin University bilan hamkorlikda Aydın Tömer xalqaro sertifikati uchun sinovlar tashkil etildi. Sinovda Namangan viloyati oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Jarayonlar Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan shaffof o‘tilishi ta'minlandi.
Ma'lumot uchun, institut talabalari hamda professor-o‘qituvchilariga xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishlari uchun turk tilini o‘qitish bo‘yicha Toshkentdagi “Lison Academy” o‘quv markazi bilan hamkorlikda joriy yil iyul oyida 3 oylik kurslar tashkil etilgan edi.
NamMQI media markazi