• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Xalqaro konferensiyaning xorijlik mehmonlari Bionika laboratoriyasi bilan tanishdi

Institutda bo‘lib o‘tgan “Texnika va texnologiyalar rivojining istiqbollari: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari — Pokiston va Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlarining vakillari Transport fakul'tetida bo‘ldi. 

Mehmonlar fakul'tetda tashkil etilgan Bionika laboratoriyasi bilan tanishdi. Ularga laboratoriyada yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan loyiha ishlari haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Xorijlik hamkasblarda laboratoriya katta taassurot qoldirdi. Ular esdalik kitobida o‘zlarining fikr-mulohazalarini yozib qoldirdi.

  • Share :