Viloyat hokimining o‘rinbosari NamMQI talabalar turar-joyida bo‘ldi
Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jaev NamMQI rektori Sharifboy Ergashev hamrohligida institut talabalar turar-joyida bo‘ldi.O‘rganish davomida turar-joyda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Ular yashaydigan xonalarda bo‘lib, talabalar bilan suhbatda bo‘ldi.Shundan so‘ng viloyat hokimi o‘rinbosari turar-joy faollar zalida NamMQI talabalari bilan uchrashib, muloqotda bo‘ldi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.
NamMQI media markazi