• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Viloyat hokimining oʻrinbosari Namangan muhandislik-qurilish institutida Mustaqillik darsini oʻtdi

Namangan muhandislik-qurilish institutida yangi oʻquv yilining ilk saboqlari anʼanaga muvofiq Mustaqillik darslari bilan boshlandi.

Viloyat hokimining oʻrinbosari Botir Nuriddinov va institut rektori Sharifjon Ergashev ushbu darslarni boshlab berdi.

Maʼruzalar chogʻi joriy yilgi Istiqlol ayyomining bosh gʻoyasi — “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori va uning mazmun-mohiyatiga alohida eʼttibor berildi.

Mutasaddilarga hamrohlik qilgan Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari, taniqli shoir Nosir Dehqonov Vatanni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, hozirgi tahlikali zamonda yurt koriga yarash masʼuliyatini zimmaga olish haqida fikr yuritdi.

Institutda Mustaqillik darslari davom etmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :