• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Viloyat hokimining oʻrinbosari ishtirokida NamMQI olimlari tayyorlangan loyiha muhokamasi oʻtkazildi

Institut Transport fakulteti binosida NamMQI olimlari tomonidan tayyorlangan “Namangan shahrida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish” loyihasining kengaytirilgan muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Muhokamada viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻofirjon Jamalov boshchiligidagi mutasaddilar va institut vakillari ishtirok etdi.

Muloqotlar chogʻida institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha nihoyatda dolzarb ekanligi, uni amalga oshirishda Namangan shahri hokimligi va barcha tegishli korxona-tashkilotlar birdek jonbozlik koʻrsatishi zarurligi taʼkidlandi.

Shaharning turli manzillarida jamoat transporti uchun bosh bekatlar tashkil etish, tirbandlikni kamaytirish, gavjum hududlar, xususan, bozorlar oldida smart-bekatlar qurish masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

NamMQI media markazi

  • Share :