Viloyat hokimi NamMQI talabalar turar-joyi qurilishi bilan tanishdi
Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasidagi talabalar turar-joyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln so‘m bo‘lgan 1000 o‘rinli yangi talabalar turar-joyi binosi qurilmoqda.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov bugun ushbu turar-joy binosidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ishlar jadal kechishini tilab, o‘zbekona udumlarga muvofiq duo-fotiha qilindi.
“Nifrit impeks” MChJ tomonidan mazkur bino qurilishi 2023-yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, institut tasarrufida hozirgi kunda 2 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 800 o‘rinni tashkil etadi.
NamMQI media markazi