Uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar hududiy Ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi
Belgilangan nizomga muvofiq 2 ta uzrli sababga (https://t.me/eduuz/18635) koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy Ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).
Ishchi guruhlar 2024-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ PQ-279-son qaror 7(v)-bandida (https://lex.uz/docs/-6070845) qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.