“Yuksalish” umummilliy harakati
“Yuksalish” umummilliy harakati maktablarda yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinishi, o‘zlariga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etilishi holatlarini anonim so‘rov asosida o‘rgandi.
So‘rovnomada butun respublika bo‘ylab jami 5 745 nafar maktab o‘qituvchi va murabbiylari ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra:
- respondentlarning 92,3 %i yozgi ta'til davrida maktab rahbariyati tomonidan ishga chaqirilmagan;
- respondentlarning 78 %i faoliyatida o‘zlariga yuklatilgan rasmiy majburiyatidan tashqari vazifalar yuklatilmagan.
Lekin "Tashabbusli byudjet" loyihalariga ovoz yig‘ish, mahalliy hokimiyatlar tadbirlariga jalb qilinish kabi holatlar bo‘lgan.
So‘rovnoma natijalari bizning navbatdagi #infografikamizda aks etgan.